Ayol
1992
She'r
Erka kiyik
Opa, yo‘llaringga chaman yoyilsin,
Garchi chamanlarga o‘zing bekasan.
Opa, buloqlarga yuzing chayilsin,
Garchi ruxsoringga buloq yuz chaygan.
Bilaman, ta’rifing so‘zga sig‘maydi,
Go‘zallik haqida gap sotmoq bekor.
Dildagi husndan andoza olgan —
Go‘zalliging qalbni etadi takror.
Sen poklik bobida mulki farishta,
Etagingni tavob etmoqqa arzir.
Sen shamsi anvarsan, mohi sarishta,
Oldingda taqdirning tog‘ kabi qarzi.
Ta’rif — tavsiflarga zormassan garchi —
Opa, asillikni ko‘rdim siymongda.
Men seni sevaman bitta insoncha,
Men seni saqlayman ohorli ongda.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish