Men kutgan kun

1992 She'r Erka kiyik

Yurak og‘rir, sezdirmaydi til, Jism mag‘rur, bo‘zlaydi ko‘ngil. Bu keng dilga sig‘olmaydi qil — Men kutgan kun, sen kelmagan kun. Ko‘klam chog‘i, maysalar gilam, Sevinchlarim bilmaydi o‘lcham. Tatimaydi shunday shirin dam — Men kutgan kun, sen kelmagan kun. Tuyg‘ularim daryo — dengizday, Singib ketar bosilgan izday. Tashnaligim go‘yo so‘ngsizday — Sen kutgan kun, sen kelmagan kun.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.