Kundoshli uy

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Mushtipar-u munglig' sensan, Ko'zingda yoshlar shashqator. Na beva, na qalliq sensan, Oylar chiqib oylar botar. Xoh Kumush bo'l, xoh bo'l Zaynab, Baxtliman deb aytolmaysan. Kundoshli uyda sen yayrab Yasholmaysan, yasholmaysan. Bek bo'lmasa cho'pon - boring, Bag'ri diling to'lsin ekan. G'arib bo'lsa hamki yoring, O'zingniki bo'lsin ekan. Kundoshli uy vayronadir, Osh o'rniga - ayron tatir. Koshonang bo'lsa ham qasr, G'amxonadir, g'amxonadir. Xoh Kumush bo'l, xohi Zaynab, Baxtliman deb aytolmayman. Kundoshli uyda sen yayrab Yasholmaysan, yasholmaysan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.