Samarqand
1992
She'r
Erka kiyik
Men yurtimda tug‘ilgan kun
Sezmay qoldi odamlar.
Kindik qonim to‘kildiyu
Tuprog‘iga, zariga,
Go‘shasida uxlayotgan
Ajdodlarim odimlab
Astagina qutlaganin
Nogoh sezdi vujudim.
So‘ngra...
So‘ngra qo‘shiqlarmi
Kuy — navolar kelaverdilar oqib.
Tushunganim alla edi...
Men onamni tanimay turib
Ilk bor alla aytgan edi
Dilbandim — Samarqandim.
Endi ertak so‘ylayverar, kuylayverar
Endi u alla emas, jondir kezgan qonimda,
Olislarda taqdirimni o‘ylayverar,
Ruhi esa vujudimda, yonimda.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish