Onajon

1992 She'r Erka kiyik

Ko‘z ochdim, ko‘z yumdim, o‘tdi lahzalar, O‘tmishga ixtiyorini tutdi lahzalar. Bugun meni so‘roq etdi lahzalar — Onajonim, sizni qaydan topayin. Hidingizning muattar bir atiri qoldi, Lahzalarda qaytadilmas xotiri qoldi. She’rlarimning bu yig‘loqi satiri qoldi — Onajonim, sizni qaydan topayin. Qarog‘imga qotib qoldi nigohlaringiz, Yuragimga botib qoldi nigohlaringiz. Mendan bir so‘z kutib qoldi nigohlaringiz Onajonim, sizni qaydan topayin...
Audio yozuvlar

Onajon

Telegram