Yangi yil kechasidagi o'ylar

1992 She'r Erka kiyik

Tongning nurlariga entikib, maftun, Har kunni qarshilab yetayotirmiz, Uzoqroq tuyular bu kechagi tun, Endi yangi kunga o‘tayotirmiz. Yangi tong, do‘stginam, boshlanmay turib Ushbu tun bag‘riga birpas tut quloq. Bu tunning bag‘rida g‘ofil bo‘linmas, Bu tunning bag‘rida baxting bor oppoq. Bu tun debochadir ertangi kunga, Unga armonlaring qoldirib ketgil. Sen uchun aylanar qop-qora tunga Istaydir — ertangga armonsiz yengil. Yo‘llaring oqlikka tutash bo‘lsin deb Qop-qora bag‘riga qorlar to‘shaydi. Ertangga qora iz o‘tmasin deya Meros armonlarga singib yashaydi. Yangi kun muborak, do‘stim, yangi kun, Oppoq poyondozga qo‘ygil qadamni. Qalbingda tong kabi yashab qolsin tun Subhisodiq tomon chorlab odamni.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.