Akan Xabibulloga

1992 She'r Erka kiyik

Biz bulut ekanmiz, uchirdi shamol, Qachon bolalikdan o‘chirdi shamol. Bag‘irda ne qoldi, ko‘chirdi shamol, Men seni sog‘indim, og‘a-og‘ajon. Ko‘rilgan o‘taru ko‘rmagan oldda, Balki qalbimizga yetishmas dalda. Mehrga javobing turadi galda, Men seni sog‘indim og‘a — og‘ajon. Biz bulut ekanmiz — ko‘kni tark etgan, Bolalik ketmas deb yelga erk tutgan. Baytlarim sog‘inchni o‘zga berkitgan — Men seni sog‘indim og‘a-og‘ajon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.