She'rim
1992
She'r
Erka kiyik
Balki kimnidir men yo‘qotdim, kuydim,
Ko‘zimga yosh olib, armonlar tuydim.
Armonlar azobi chalg‘itdimi yo
Sening borligingni sarobga yo‘ydim,
Ammo yonginamdan ketolmading sen.
Balki kimnidir men olqadim, suydim,
Hayotdan bahr olib, quvonchlar tuydim.
Qalb uning mehrila yondiyu qoldi,
Uning bahorini tanhoga yo‘ydim...
Yana bog‘imni tark etaolmading sen.
Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular,
Ovuta olmadim otam ko‘nglini.
Do‘stim yoshlarimni arta olmadi,
Dardimni men bilan torta olmadi...
Ovuta olmadim o‘zimni o‘zim.
Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular,
Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular...
Men seni esladim entikib, yoqib,
Men seni izladim baridan tonib.
Sen ilk muhabbatim, vafoli yorim,
Hamnafas tiragim, azizim, she’rim,
Sensiz qo‘shig‘imni aytolmadim men.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish