Zaynabning nolasi

1992 She'r Erka kiyik

Men o‘lmadim, qabrlarda qotdi izlarim, Yig‘lab-yig‘lab tuproqlarga yotdi hislarim. Tirikmanu Kumush bilan ketdi bo‘zlarim, Kuydi aziz jonim, begim, men ham ketaymi? Men dardingiz adosida kuz bo‘lgan so‘lim, Netay, ishqdan ayri tushdi bu badbaxt yo‘lim. Ko‘zingizga yosh to‘lganin ko‘rmog‘im-o‘lim, Kuydi aziz jonim, begim, men ham ketaymi? Men, bilmadim, bilganlarim yot bo‘ldi sizga, Men kulmadim, kulganlarim yot bo‘ldi sizga. Bir siz uchun kuyganlarim yot bo‘ldi sizga, Kuydi aziz jonim, begim, men ham ketaymi? Ketayinmi, telbaligim kam bo‘lsa agar, Bor jahonim yonmog‘idan sham bo‘lsa agar. O‘lar bo‘lsam ko‘zlaringiz nam bo‘lsa agar — Kuydi aziz jonim, begim, men ham ketaymi?
Audio yozuvlar

Zaynab qo'shig'i

Telegram