To‘y kechasi

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Yuzga upa surmasdan, To‘lin bo‘ldi Zebojon. O‘n sakkizga kirmasdan, Kelin bo‘ldi Zebojon. Men ne derdim, nima dey – Olov edik, sho‘x edik. Zebi bilan erinmay O‘n yil birga o‘qidik. Eski maktab, alvido, Xonalari tor edi. O‘rtamizda bir Xudo, Bir siyohdon bor edi. Men lapashang, albatta, So‘ramadim ko‘nglini. O‘n yil o‘qib, bir marta Ushlolmadim qo‘lini... O‘ltiribman endi jim, Keksa onam oldida. To‘yga men ham borardim, Yomg‘ir yog‘ib qoldi-da!
Audio yozuvlar

To'y kechasi

Telegram