Yor yor

1992 She'r Erka kiyik

Osmon olis, osmon jim, Marhamatda qor yog‘ar. Seni qanday sevardim, Ko‘rolmadi qarg‘alar. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, Jonim qaqshar, yor-yor. Qayda bo‘lsang sen bilan, Sevgim yashar, yor-yor. Osmon olis, osmon jim, Osmon quloq soladi. Yuragimni sog‘inchim, G‘ijjak qilib chaladi. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, Jonim qaqshar, yor-yor. Qayda bo‘lsang sen bilan Sevgim yashar, yor-yor. Osmon olis, osmon jim, Osmon yulduz to‘shaydi. Bilagingda barmog‘im Izi borga o‘xshaydi. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, Jonim qaqshar, yor-yor. Qayda bo‘lsang sen bilan Sevgim yashar, yor-yor. Bu bevafo dunyodan, Bir kun men ham o‘tarman. Yulduz to‘la osmonda Qo‘shiq bo‘lib qaytarman. Hay-hay o‘lan, jon o‘lan, Jonim qaqshar, yor-yor. Qayda bo‘lsang sen bilan Sevgim yashar, yor-yor.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.