O'shlik o'zbeklar nolasi

1992 She'r Erka kiyik

Qorakuz ukajon, qiliching qayra, Kelaver, qonimni oqizib yayra. Do‘st bilan dushmanni etmasang ayri — Senga g‘animliging muborak endi. Umr o‘tar-ketar, ortga qaytmoq yo‘q, Aziz qondoshingga qaradingmi suq. Kimga qo‘l ko‘tarding, o‘zga aytmoq yo‘q, Vijdoni jimliging muborak endi. Bemahal yoqqan qor qishniki emas, Donishlar yuz o‘ylab ikkini demas. Bugun zamin bo‘ylab yuribdi bir sas — Qahrga limliging muborak endi. Kechmishing qon bo‘ldi — bebaho qasr, Baxtingga kim g‘anim, kim edi asir. Bugun lol turibsan, yuragi basir... Tanimam kimliging, muborak endi, Senga g‘animliging muborak endi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.