Xayol
1992
She'r
Erka kiyik
Xayol kezgan chamanlarni kezolmassan,
Yayrab yurib bag‘ridan gul uzolmassan.
Ozod bo‘lar vujudingdan humo yanglig‘,
Qafas ichra tutib hech turg‘izolmassan.
Na ortidan yurarga bir qaroring yo‘q,
U bosgan yo‘l chaqir yo‘ldir, buzolmassan.
Gohi daryoyu dengizdek oqar-ketar,
Aning yanglig‘ to‘lqinlarda suzolmassan.
Bog‘i eram bog‘larida oshyoni bor,
U qo‘ngan taxt mehvarini tuzolmassan.
Anga xohish itoatda, parilar yor,
O‘zing qurgan qasrda o‘tqizolmassan.
Aningdek bir bahodir yo‘q ertakda ham,
Dushmanlarni mag‘lub etar istagan dam.
U tilsimdir — bahaybatmi yo bir tutam,
Na ko‘rmassan va yo ani sezolmassan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish