Bayram hazili
1992
She'r
Erka kiyik
Bu Momo havodan ularga odat:
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.
Ushlasa gul ushlar ko‘lini faqat,
O‘psa faqat shamol o‘par yuzlarin.
Bu Momo havodan ularga odat:
Nozik belda qirkta kokili qavat,
Silasa yomg‘irlar silaydi fakat
Ko‘rsa faqat Osmon ko‘rar ko‘zlarin —
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog‘ar yonoqlaridan,
Sir yashirar hatto, qizg‘aldoqlardan.
Oftob botgandan so‘ng xilvat bog‘lardan,
Behuda izlamang sira izlarin —
Kuyovga chiqmagan o‘zoek qizlarin.
Ko‘ngli daryoday keng, mehri ulug‘vor.
Dugonasi HAYO, sinfdoshi OR,
Ayting farishtadan nima farqi bor.
Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin?..
Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing,ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegishib ketaverar boshqa kuyovga!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish