Kumushbibi nolasi
1992
She'r
Erka kiyik
Sizga bir armon bo‘lay, zolim begim,
Jayron bo‘lay, quvlab yetib oling, begim.
Marg‘ilonning yo‘liga boshim qo‘yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.
Qani ul qayrilmaqosh Kumush demang,
Bag‘ri gul, bag‘ri otash Kumush,demang,
Ko‘zlaringiz nega yosh Kumush, demang,
Bir ko‘ray, Zaynab bilang qoling, begim..
Sig‘madim kundoshning bu tosh shahriga,
Dosh berolmam bu qaroshlar zahriga,
Yordan ayrildim qaro yer bag‘riga
Jo bo‘lay, Zaynab bilan qoling, begim.
Yorginam ruxsoriga jonim fido,
Bu jahonda boriga jonim fido,
Xayr, ey, shirin zabonim, alvido,
Men o‘lay, Zaynab bilan qoling, begim...
Sizga bir armon bo‘lay, zolim begim,
Jayron bo‘lay, quvib yetib oling, begim,
Marg‘ilonning yo‘liga boshim qo‘yib,
Jon beray, Zaynab bilan qoling, begim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish