Ona nolasi

1992 She'r Erka kiyik

Afg‘on tog‘i toshlar bilan lim-lim, Qo‘zim to‘ldi yoshlar bilan lim-lim. Mezbon bo‘ldim mehmonini yo‘qotgan — Qozonlarim oshlar bilan lim-lim, Ko‘zim to‘ldi yoshlar bilan lim-lim. Sen ketganda ko‘chalarim yorug‘midi, Ko‘zim ko‘rmas, endi ular zim-zim. Yiroqlardan seni kutgan shum tug‘midi, Qay yeringga botib qoldi jim-jim, Ko‘zim to‘ldi yoshlar bilan lim-lim. Tirikmanu hushim qayda, bilolmayman, Ona bo‘lib dardingni men ololmayman. So‘nggi marta boshginangni silolmayman — Yashin oldi sochlaringni tim-tim, Ko‘zim to‘ldi yoshlar bilan lim-lim. Visolingga yetishmoqqa bir chora yo‘q, Osmonlarga yetkizgudek tayyora yo‘q — Xudoyimga aytgudayin ovora yo‘q... Ko‘zim to‘ldi yoshlar bilan lim-lim, Afghon tog‘i toshlar bilan lim-lim.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.