Nigoh

1992 She'r Erka kiyik

Lolazorga tutashar bag‘ir, Oroyishim ketar benishon. Ergashadi ortingdan, sag‘ir Kapalakka aylanadi jon — Nigohingga duch kelganim choq. Ko‘z ko‘rmoqni bilarmi yakkash, Nondek aziz erur bir qarash. Ming jilvasin ko‘rsatar yashash — Nigohingga duch kelganim choq. Lahzalarni asrga ulab Yashar edim bardoshlar tilab. Keldi nogoh kutganim yillab — Nigohingga duch kelganim choq.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.