Nima devdim

2007 She'r Saylanma

Bahor adirlarda lola teraman, Odamlar haqida o‘ylar suraman. Harbiyda ko‘rganim zirhli mashinalar, Snaryadlardan g‘isht yasab, Osmono‘par uylar quraman, Matematikani yomon ko‘raman. Orzularim — qaysar qanotlarim, Osmonlarda uchib yuraman. Singlim oyni o‘pib, ukalarim — Yulduzlarni quchib yuraman, Matematikani yomon ko‘raman. Atomlar — matematika. Vodorodlar — matematika. Qiruvchi samolyotlar, Krematoriyalar — matematika! Matematikani yomon ko‘raman. Sen esa shirin bir dardsan. Sen yaxshi niyatsan. She’riyatsan...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.