"She’riyat - bu…"

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

She’riyat - bu… She’riyat bu – qadim buyuk So‘qmoq ekan, Kiyik so‘qmoq ekan, kiyik so‘qmoq ekan. Shirin azob ekan, jonni Yoqmoq ekan, Bir qo‘lda gul, bir qo‘lingda chaqmoq ekan. Yuragim-ey, boshlab kelding Meni qayga? Bag‘rim o‘xshar pora-pora Bo‘lgan nayga. Ko‘nglim sezar – bu so‘qmoqdan O‘tolmayman, Qaytib ketay desam, qaytib Ketolmayman. Chaqirtoshlar tovonimdan Tishlab olgan, Qo‘llarimdan kiyikchalar Ushlab olgan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.