Ibrohim marsiyasi

1992 She'r Erka kiyik

Onang o‘lsin, Ibrohim, Makkadan ham yirog‘im. O‘chib qolgan chirog‘im, Tutab qayda yotursan. Afg‘on bo‘ldi Vataning, Armon bo‘ldi Vataning. Ilma-teshik badaning, Ingrab qayda yotursan. Gulday so‘lib yuzginang. Qumga to‘lib ko‘zginang, O‘z yarangni o‘zginang. Silab qayda yotursan. Aybing yigit yoshingmi, Qoragina qoshingmi. Sovuq toshga boshingni, Tirab qayda yotursan. Kim o‘ldirdi, qay kuni, Senday yuvosh qumrini. Qolganlarning umrini, Tilab qayda yotursan. Onang o‘lsin Ibrohim, Makkadan ham yirog‘im. O‘chib qolgan chirog‘im, Tutab qayda yotursan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.