O'ksimagin o yurak
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
O‘ksimagin, o yurak, Bo‘lma xomush, bo‘lma lol: Mening otam - oqterak, Mening onam - majnuntol. Osmonda oy yolg‘izdir, Yolg‘izman men ham, axir. Mening opam yalpizdir, Singlim - lola, qon bag‘ir. To‘shagim shu sho‘r tuproq, Ko‘rpam ko‘kda bulutdir. Mening akam - ulug‘ tog‘, Mening ukam - burgutdir. Tabassumim chaqmoqlar, Yomg‘irlar - ko‘z yoshimdir. Arslon meni ardoqlar, Qoplon qarindoshimdir. Yov hisobin qilmayman, Mard bo‘lsa jon fidodir. Do‘stlarim kim bilmayman, Mening yorim - Xudodir!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish