Tillaqo‘ng’iz
2007
She'r
Saylanma
To‘xta, tillaqo‘ng‘iz,
U yoqqa borma.
Arikdan o‘tdingmi — u yog‘i g‘o‘za.
Tong oldi boshlagan ishingdan qolma,
Yalpizning labidan so‘raber bo‘sa.
To‘xta tillaqo‘ng‘iz,
U yoqqa borma,
Etik poshnasida ezilar joning,
Inson band, u sizning salomga zormi?
O‘rtoq qumursqalar, menga ishoning...
Ketdi. U gapimga quloq solmadi,
Ro‘zg‘or tashvishimi yo boshqa o‘yda.
Jonivorlarda ham toqat qolmadi,
Bir kungina tinchib o‘tirmas uyda.
Tillaqo‘ng‘iz balki... sirin aytgali,
Kelgandir qoshimga qancha yo‘l bosib.
O‘tmishni unutmoq kimga munosib?..
Qasos qilich qayrar sahardir-shomdir,
To‘xta tug‘ishganim, u yoqqa borma!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish