Muhabbat
1992
She'r
Erka kiyik
Sevgi uchun yaralgan qalb, yongan qalb,
Sharbatidan istagancha qongan qalb.
O‘zi suyib, gohi o‘zi tongan qalb,
Muhabbatni o‘z bilgicha tuyarlar.
Tunlar kiyik so‘qmoqdagi oy bo‘lur,
Bag‘ringdagi o‘tloqlarda toy bo‘lur.
Istasang dil aning uchun joy bo‘lur,
Muhabbatni o‘z bilgicha tuyarlar.
Pushaymonlar to‘zg‘itadi dunyoni,
Mengzatarlar gohi unga sahroni.
Sevgi yo‘q deb tark etib bevafoni —
Muhabbatni o‘z bilgicha tuyarlar.
Jannatdir u sen bilsang ham, bilmasang,
Barqarordir bor desang ham, demasang.
U buyukdir — qandaylarga yo‘ymasang,
Muhabbatni o‘z bilgicha tuyarlar.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish