Matematikani yomon ko‘raman
2007
She'r
Saylanma
Bahor adirlarda lola teraman,
Odamlar haqida o‘ylar suraman.
Harbiyda ko‘rganim zirhli mashinalar,
Snaryadlardan g‘isht yasab,
Osmono‘par uylar quraman,
Matematikani yomon ko‘raman.
Orzularim — qaysar qanotlarim,
Osmonlarda uchib yuraman.
Singlim oyni o‘pib, ukalarim —
Yulduzlarni quchib yuraman,
Matematikani yomon ko‘raman.
Atomlar — matematika.
Vodorodlar — matematika.
Qiruvchi samolyotlar,
Krematoriyalar — matematika!
Matematikani yomon ko‘raman.
Sen esa shirin bir dardsan.
Sen yaxshi niyatsan.
She’riyatsan...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish