Agar
1992
She'r
Erka kiyik
Ruhim iztirobga tiz chuksa agar,
Umidlar armonga dil to‘ksa agar.
Bag‘rimni chokidan g‘am so‘ksa agar,
Senga topinaman ona-onajon.
G‘am bilmas daryolar oqardir — oqar,
Turar suvga kim ham boqardir — boqar.
Mening g‘amim kimga yoqardir — yoqar,
Senga topinaman ona-onajon.
Ko‘z yoshim sel bo‘lsa — qurisa agar,
Bag‘rimni qor qoplab, erisa agar.
Dildagi harorat ilisa agar —
Senga topinaman ona-onajon.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish