Tilla baldoq

2007 She'r Saylanma

Suyukli yor, qulog‘ingda Tilla baldoq. Men yasharman yuragingda, Tilla baldoq. Unutolmay o‘rtanasan, Tilla baldoq, Yurgan yo‘lu yo‘lagingda, Tilla baldoq. Yig‘laydi zor Sen yig‘laysan Tilla baldoq. Qo‘lim izi bilagingda, Tilla baldoq... Yoring boshqa, yoring bo‘lak, Tilla baldoq. Men boshqang, men bo‘laging-da, Tilla baldoq!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.