Tavallo

2007 She'r Saylanma

Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni, Ham oq yuvib-taragansan o‘zing bizni. Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib, Kunimizga yaragansan o‘zing bizni. Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!.. Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga, Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga. Asragaymiz giyohing ham gulday o‘pib, Yovlar yaqin yo‘lolmagay qo‘rg‘oningga. Adoying bo‘lgaymiz seni, Uzbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston. Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi, Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi. Shodon daming ko‘rolmagan yurtfurushlar, Bir kun bir kaft qumlog‘ingga zor bo‘ladi. Yoningda turgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!.. Gul ko‘ringan dashtingdagi giyoh-xasdir, Soddadilu ulug‘vorlik senga xosdir. Sevamizki, cho‘llaring ham bizga jannat, Tuprog‘ing ham Makka misol muqaddasdir. Onadek ko‘rgaymiz seni, O‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.