Kumush

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Marg‘ilonda Kumushni ko‘rdim, Ko‘ziga yosh to‘lib turibdi. Sochlarini maydalab o‘rib, Otabekni izlab yuribdi. Tongda turib qalam qoshiga O‘sma qo‘ygan ekan-quribdi. Ko‘zdan oqqan achchiq yoshiga, O‘smasini yuvib turibdi... Meni bir o‘y qiynaydi yomon, Yana yurak o‘nadi yomon. Qo‘yvor zamin, qo‘yvor osmon, Men uyimga yetaman qachon? Uchib keldim uyimga omon, Beshyog‘ochda gullabdi o‘rik... Toshkentga qiz berma, Marg‘ilon- Qodiriy yo‘q, Zaynablar tirik.
Audio yozuvlar

Kumush

Telegram