Binafsha
1992
She'r
Erka kiyik
Jilg‘alar bo‘yiga cho‘kkan guloyim,
Bulbulning patidan barging muloyim.
Seni etagidan to‘kkan xudoyim,
Jannat jilvasisan, xoksor binafsha.
Ilk jamol ko‘rsatgan oq qorlar aro
Gul yo‘q sendan bo‘lak gulzorlar aro,
Dunyoda bor moviy minorlar aro
Sen ham bitta Mitti minor, binafsha.
Yo‘qlaysan har bahor ungan joyingni,
Fidoyisidursan sen fidoyingni,
Ko‘zimga suraymi zulfi yoyingni,
Sendan ulug‘ yana kim bor, binafsha?..
Qora sovuqlarga chidab, mung‘ayib,
Yo‘llar yoqasida mo‘min jilmayib,
Birga o‘sgandaymiz, birga ulg‘ayib,
Muhammadga dildosh dildor, binafsha!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish