Qiruvchi somoliyot
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
QIRUVCHI SAMOLYOTLAR
Ariqda bo‘tana suv,
Bo‘yida qo‘ylar o‘tlar.
Ko‘kdagi kalxatlar u –
Qiruvchi samolyotlar.
Olmalar to‘kilar duv,
Olmalar – hissiyotlar.
Betuyg‘u niyatlar u–
Qiruvchi samolyotlar.
Bosma, bu maysa – kulgu.
Maysalar – quvnoq o‘tlar.
Koʻzyosh – u kulfatlar u –
Qiruvchi samolyotlar...
Sarg‘aygan rasmi qoʻlda,
Bir momo o‘g‘lin yodlar.
Yangi qoraxatlar u –
Qiruvchi samolyotlar.
Otangdan meros shu uy,
Onangdan qolgan tandir.
Kutmoqda sendan najot,
Muhammad Yusuf, gapir!..
Olimlarga ne bo‘lgan,
Bitmoqda endi sabr.
Fizika, sen topdingmi,
Sen topdingmi,
Al-Jabr?..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish