Olamda nima gap

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

"Olamda nima gap" bo‘lyapti. Xira yog‘du sochar televizor. Ayvonda sholchada bir bola O‘ltirar cho‘nqayib... ko‘ylaklari kir. Hovlida har kungi yumushlar. Hovlida yomg'ir yer mushtlar. Momosi darg'azab, bearqon Buzoqchani tutolmay bu on. Buzoqni qarg‘aydi harsillab, Qoziqni o‘qtalar: "Bo‘yning uzilgur!" Ayvonchada esa bir bola O‘ltirar cho‘nqayib, ishtoni ham kir. Olamda nima gap bo‘lyapti?..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.