Amur temur
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Qirq birinchi yil, saratonning o'n sakkizida
Buyuk Jahongirni qabridan qo'zg'atishgan.
Xo'sh, oqibati ne bo'ldi...
Jahongirning qabrin ochgan kazzoblar,
Biri olim, yana biri arboblar,
Xondek yashab o'tdilar-u olamdan,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
O'shal kun sen qayda eding, bolam, der,
Qulog'ingga yetmadimi nolam, der.
Meni qo'zg'ab nima topdi olam, der?..
Amir Temur ruhi meni azoblar.
Tirik ersam tinmasdi-ku yarog'im,
O'lik jondan na istarlar, qarog'im.
Qo'lim qayda der, qayda bosh chanog'lim,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
Bu qandayin ko'rgulik, yo rabbanoh,
Yovuz yotdan yer ostida yo'q panoh,
Bobur qayda der, qayda der Mironshoh,
Amir Temur ruhi meni azoblar.
Dunyo topdim deydi, dunyo yig'madim,
Men el uchun ot ustida uxladim,
Nahot endi o'z go'rimga sig'madim,
Amir Temur ruhi meni azoblar...
Men ne qilay, Men bir ojiz bandaman.
Ruhlar bilan bir jon-u bir tandaman,
Uzr so'rab har kun Samarqanddaman,
Amir Temur ruhi meni azoblar...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish