Jiyda tagida
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Soy bo'yi. Tun. Kuz.
Bir yigit, bir qiz.
Shivir-shivirlar Jiyda tagida.
Tahoratkash chol, Uyga qaytdi lol.
Dilda sanchiqlar Jiyda tagida...
—Qaydasan, kampir? Ado bo'lding, tur!..
Nomusing yig'lar Jiyda tagida.
Ko'r o'zing ham, yur, O'pishayotir,
Uying kuygurlar, Jiyda tagida...
Keyin ne bo'ldi? Keyin o'y bo'ldi.
Keyin to'y bo'ldi. Qolmadi sirlar Jiyda tagida.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish