Istak
2019
She'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Shotut soyasida beshik bozori,
Sahardan rayhon hidi anqiydi.
Beshiklar tebratib bog‘chaxotin yig‘lar:
Bittagina o‘g‘lim bo‘lsa, mayliydi.
Sarin sabo esa qo‘shiqlar aytar,
Maysaga yonboshlab tinglar shudringlar.
Oq shiypon ortidan mo‘ralab oftob,
Hey, qizlar, turinglar! Chumoli yopishar yalpiz bargiga,
Irmoq unga suvlar sochib hiringlar.
Brigadir planni o‘ylaydi xunob:
Hey, qizlar, turinglar!
Ey, mening xayolim, suluv, mohitob,
O‘zimga savolim, o‘zimga javob.
Bosgan qadamlari ko‘zimga tavob:
Hey qizlar, turinglar!
Hey, qizlar, turinglar,
To‘ldirib yuringlar O‘zbekistonni.
Istaymanki, doim poroxlar emas,
Sizlarning allangiz tutsin jahonni!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish