Sen xat yozma

2019 She'r Quyoshga qarab oqqan suv

Sen xat yozma. Uyga ham yozma. Va hovliqib yoningga shunda O'zi kelar dehqon otangning. Kerishib yot to'shakdan turmay, Ayozli tun uyqungni buzsa, Ovozi mehribon otangning. O'rgansin. Kut. Peshonasida Tugmacha bor (ko'zmi bu -nima?) Bossin - qo'ng'iroqcha jiringlar. Eshikni och erinib shunda, Muzlab qolgan otang qoshiga, Chiq so'ng sog'lom, omon... hiringlab!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.