Ro'molingni bo'yama

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Ro‘molingni bo‘yama, Bilmaygina yuvdirdim, Otang seni bermay, men Olaman deb kuydirdim... Meni suysang bo‘lgani, Sen so‘zingda tur, jonim. Otangni o‘zim yo‘lga Solaman, deb kuydirdim. Malomatlar yog‘ilsin, Toshlar yog‘sin boshimga, Men ahdimga vafodor Qolaman, deb kuydirdim. Otang seni bermadi, Taqdir dedim. Ko‘nikdim. Men bechora... bir shoir Bolaman, deb kuydirdim...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.