Rustam qori marsiyasi

1992 She'r Erka kiyik

Qismati shu ekan-da, Kim ediyu kim endi. Rustam torin chertganda Bulbullar ham jim edi. Biri mo‘min, biri quv, Ikki olam to‘qnashdi, Ko‘rmay ochdi kuchoq u, Ajal bilan uchrashdi. Odil yurak xotirjam, Ojiz ko‘zlar to‘kdi cho‘g‘. Rustam o‘layotib ham Osmonni bir ko‘rgan yo‘q. Qo‘shiqlari ko‘nglida, Zori qoldi mung‘ayib. Shogirdlari qo‘lida Tori qoldi mung‘ayib. Jujuqlari qo‘lida, Yori qoldi mung‘ayib... Qismati shu ekan-da, Muhammad Yusuf. Xalq bo‘l, elim Kim edi-yu kim endi. Rustam torin chertganda Bulbullar ham jim edi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.