Manzara

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Bedapoya to‘ridagi juftin qidirib, Sayray-sayray jimib qoldi bedana dilgir. Suvsumbulni va'dasiga ko‘mib, ko'ndirib, O‘ynatgani olib ketdi irmoq qaygadir. Qir tomondan poda qaytib kelarkan qator Kumush sohil bo‘ylariga changlar yastanib, Qishloqning eng chekkasidan bahaybat chinor Ufq tarafga qarab qo‘ydi xavotirlanib. Quyosh osmon etagiga osilib mana, Bir xo‘rsinib, ko'zdan g'oyib bo‘ldiyu keyin Qo'shni qizning havasini keltirib yana Tolko‘chaga suv sepishni boshladi kelin...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.