Jiyda tagida

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Soy bo'yi. Tun. Kuz. Bir yigit, bir qiz. Shivir-shivirlar Jiyda tagida. Tahoratkash chol, Uyga qaytdi lol. Dilda sanchiqlar Jiyda tagida... —Qaydasan, kampir? Ado bo'lding, tur!.. Nomusing yig'lar Jiyda tagida. Ko'r o'zing ham, yur, O'pishayotir, Uying kuygurlar, Jiyda tagida... Keyin ne bo'ldi? Keyin o'y bo'ldi. Keyin to'y bo'ldi. Qolmadi sirlar Jiyda tagida.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.