Ko‘k darvoza
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Ko‘k darvoza, ortingda bir qiz ko‘rdim,
G‘aznangdagi gavharingni xush ko‘rdim,
Ostonangda olti mingta iz ko‘rdim,
Oybekangni avaylagin, hushyor bo‘l.
Ko‘k darvoza, so‘ramagin otimni,
Sen ko‘zimga boqib bilgin zotimni,
Bu dunyoda mehr sofmi - oltinmi?..
Oybekangni avaylagin, hushyor bo‘l.
Ko‘k darvoza, ko‘k xarsangdek qulfing bor,
Malikangning kun ko‘rmagan zulfi bor,
Saroyingda Muhammadning mulki bor,
Oybekangni avaylagin, hushyor bo‘l.
Ko‘k darvoza, yana ne deb maqtayin?
Mehr izhor etmoq uchun netayin,
Bekang uchun ayt, borimni sotayin,
Oybekangni avaylagin, hushyor bo‘l.
Ko‘k darvoza, poyingga tiz cho‘karman,
Qiz o‘pgandek bo‘sag‘angni o‘parman,
Ostonagga topganimni to‘karman,
Oybekangni avaylagin, hushyor bo‘l.
Ko‘k darvoza, ortingda qiz ko‘rgandim,
Gaznangdagi duringni xush ko‘rgandim,
Sen sovuqdan bir kun muhlat so‘rgandim,
Bor, devorga qo‘shil, sen ham devor bo‘l!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish