Zo‘rlab qiz uzatmoq-ku…
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Zo'rlab qiz uzatmoq-ku, aslida
Mansab ilinjida yo ozru-havas.
Yalpizni yulqilab ariq bo'yidan
Toshloq yerga o‘tkazmoqdan bo‘lak narsamas...
Ammo qaysi ota tan olgay buni,
Tan olganida ham nima bu gunoh?..
O'zbeklarda ayb sanalar faqat
Kelin yig‘lamasa to‘y kuni.
Qadahlar jaranglar, qahqaha yangrar,
(Tilni tiyolmaslik bunday payt yomon).
Parvo qilmay ichaverasan sharob,
Ko‘ksing ingrab tursa hamki yolg‘on deb, yolg‘on!..
Kecha raisining esa jag‘i tinmaydi,
Hamdu sano aytib to‘ymaydi.
Sevgi, vafo deydi...
Sadoqat deydi,
Chiranadi.
Mikrofonni qo‘ldan qo‘ymaydi...
Zo'rlab qiz uzatmoq bu aslida
Mansab ilinjida izzattalab.
Ariq bo'yidagi yalpizni yulib,
Teleminoraga o‘tqazmoqday gap...
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish