Bisotimni...

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

isotimni bog‘da bir halol Kapalakka almashaman men. Hayotimni ko‘kdagi zilol Kamalakka almashaman men. Yog‘dularga cho‘milgan shahar Betonlari biqinni chaqar. Uyim qasr bo‘lsa ham agar, Guvalakka almashaman men. Shoirlikni suymaydi jinim, Menga havas qilmagin, inim. Shuhratimni totli bir tilim Handalakka almashaman men. Qo‘shiqlarim boʻlib ovoza, Yurtda mashhur emishman toza!.. Barcha yozgan she'rim bir kosa Sumalakka almashaman men
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.