Oymoma
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Oqshomlari qovunday
Yamalaydi oy yerda.
Menga ayting, quyoshning
Ostonasi qayerda?
Tiling bormi, bo‘lsa bir
Hayqirib ber, Oymoma.
Shu ko‘chada bir qiz bor,
Chaqirib ber, Oymoma!..
O‘rmalab bor, men uchun
Eshigiga boshing ur.
Yuzlariga yuzing bos,
Qoshlariga qoshing sur.
Uzrim aytgin yurakdan,
Uni tavof etarman.
Kelaman deb har kecha,
Kelolmasam netarman.
Qay kun yo‘qlab borgandim,
Ko‘rmayin hol so‘rgandim.
Men sevishni tundagi
Sukunatdan o‘rgandim...
Men uchun ham o‘zing bir
Hayqirib ber, Oymoma.
Sendan oydın bir qiz bor,
Chaqırıb ber, Oymоmа.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish