Hayvonot bog‘i

2019 she'r Quyoshga qarab oqqan suv

Hayvonot bogʻida jayronni koʻrdim, Tutqunlikda dili vayronni koʻrdim. Koʻrdim, quruq shoxda sayrar toʻtilar, Yigʻlamsirab tovush qayrar toʻtilar. Qanotdan ayrilib, qilar pardozlar, Osmonida endi ucholmas gʻozlar. Burgutlarning boshi egilgan yerga, Bulbullarning yoshi toʻkilgan yerga. Kaklikning toʻshi qon, tumshuqlari qon, Qumrilarning maʼyus koʻzlari - doston... Bu dunyo aslida hayvonot bogʻi, Mushtoq - zorlikka kon boshdin-oyogʻi. Bir-bir barin sanab netarman, bas-da, Neki goʻzal boʻlsa bari qafasda!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.