Bir kuni
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Yoningga kelaman,
Deyman: men sen kutgan bolaman.
Tinglaysan ochilib sen chaman,
Men seni sevaman, sevaman!..
Kel, deysan. Kun sovuq, o‘tirgil.
Kaftimda laylakqor — atirgul.
Xonangda yugurib-yelaman,
Men seni sevaman, sevaman.
Kim u jim kuladi, kuladi,
Bildirmay ermaklar qiladi?
Mayli men g‘alati, telbaman,
Men seni sevaman, sevaman.
Kel, deysan. O, muncha kechikding,
Yo‘q endi u g‘uncha, kechikding.
Boq yigit, atrofing qahraton...
Men seni sevaman, sevaman.
Sen turgan joy endi biy dala,
Qo‘lingda qorako‘z bir bola.
Men endi qo‘shiqmas — nolaman,
Men seni sevaman, sevaman.
Ayt, mendan ne istar bu odam,
Tikilar, sinarmi irodam?..
Tikilar bir yomon, bir yomon,
Men seni sevaman, sevaman!..
Meni yov etmish bor mardum-la,
Labimdan uchmagan bir jumla.
Endi kech, endi ne qilaman,
Men seni sevaman, sevaman!..
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish