Mashrab xirgoyisi
2019
she'r
Quyoshga qarab oqqan suv
Donishni qiynab to‘ymagan,
Holi-joniga qo‘ymagan,
Nodon bilan kulib o‘ynagan,
Pixini yorgan dunyosan.
O‘g‘rini siylab ovloqda,
Oshini maqtab tovoqda,
To‘g‘rini qiynab sirtmoqda
Loylarga qorgan dunyosan.
O‘tga bostirib dalani,
Suvga cho‘ktirib qal’ani,
Otadan oldin bolani
Jonini olgan dunyosan.
Ulug‘in xo‘rlar senmasmi —
To‘rga o‘tqazib nokasni,
Ot o‘rniga yo‘lbarsni
Qo‘shiga solgan dunyosan.
Kim ham ishonar nozingga,
Bahoring o‘xshar yozingga.
Kuylaring tushmas sozingga —
Qo‘shig‘i yolg‘on dunyosan!..
Oq ro‘mol o‘rab otinday,
Tovlanma menga oltinday.
Bola ko‘rmagan xotinday —
Allasi yolg‘on dunyosan!
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish