Menga bering
2020
she'r
Alyorim qolur
MENGA BERING
Olam yaralgandan beri,
Odam yaralgandan beri,
Ajdodlarim imdodini
Menga bering, menga bering.
O‘g‘lim, deb ishongan elim,
Kindik qonim tomgan elim,
Tuyg‘ularim ozodini
Menga bering, menga bering.
Ne baxt, besh yuz yildan beri,
Boqiydir bir bobom she’ri.
Behzod chizgan suratini
Menga bering, menga bering.
Qarang, Abu Rayhon kelur,
Xasta ko‘ngli vayron kelur,
Sinoning tibbiyotini
Menga bering, menga bering.
Temumimas, Chingiznimas,
Osmon to‘la yulduznimas,
Ulug‘bekning niyatini
Menga bering, menga bering.
Hinduga musofir o‘sha,
Hirotdagi Bobur o‘sha,
G‘urbatdagi Furqatini
Menga bering, menga bering.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish