Qizil olma

2020 she'r Alyorim qolur

QIZIL OLMA Baland shoxda qizil olma Pishgan ekan. Uzib olib qarasam, qurt Tushgan ekan. Men olmani irg‘itvorsam, U dod soldi: Tashlab ketar ekan meni Nega oldi?! Qizil olma, qizil olma, Men yengildim. Dunyoyi dun deganlarin Endi bildim... Yuragim-ey, seni ne o‘y O‘rtamoqda? Sevgiga yo‘l bo‘lsin bizga Bu chorbog‘da. Baland shoxda qizdl olma Pishgan ekan... Bizning boshga shunday savdo Tushgan ekan.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.