Ahmad zoir qo'shig'i
2020
she'r
Alyorim qolur
AHMAD ZOIR QO‘SHIG‘I
Ko‘ngil degan bo‘stonim
Gullari so‘lib ketdi.
Ne do‘sti mehribonim,
Dushmanim bo‘lib ketdi.
Qaydasiz, onajonim,
Yuragim to‘lib ketdi.
Kun bormu mendaylarga,
So‘ragim kelib ketdi.
Bulbul edi zabonim,
Tikonlar tilib ketdi.
Men boshlagan qo‘shiqni
Qarg‘alar ilib ketdi.
Qaydasiz, onajonim,
Yuragim to‘lib ketdi.
Kun bormu mendaylarga,
So‘ragim kelib ketdi.
Yovlar otgan yoylarga
Kuragim to‘lib ketdi.
Qaydasiz, onajonim,
Yuragim to‘lib ketdi.
Kun bormu mendaylarga,
So‘ragim kelib ketdi.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.
So'z qidirish
Qidiruv sahifasiga o'tish