Ko'z tegmasin

2020 she'r Alyorim qolur

KO‘Z TEGMASIN Ikki chashma xumoringiz — Ko‘zingizga ko‘z tegmasin. Guldan go‘zal ruxsoringiz — Yuzingizga ko‘z tegmasin. Qayda yurmang, yodimdasiz, Maqsad-u murodimdasiz. Kutaman, deb menga bergan So‘zingizga ko‘z tegmasin. Garchi bugun begonaman, Ishqingizda devonaman. Menga nima bo‘lsa, mayli, O‘zingizga to‘z tegmasin. Sergak bo‘ling, sohibjamol, Hurkak bo‘ling ohumisol. Asta kuling, asta yuring, Izingizga ko‘z tegmasin.
Bu she'r uchun audio yozuv mavjud emas.